Seminar
Chirchiq davlat pedagogika universiteti Matematika va informatika fakulteti Axborot tizimlari va texnologiyalari yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarining ota-onalari ishtirokida #Ota #Onalar #kongresi o‘tkazildi.
Tadbirda mutasaddilar tomonidan universitet ichki tartib-qoidalari, ta’lim va tarbiya jarayonlari ota-onalar bilan doimiy hamkorlik va hamjihatlikda olib borilishi ta’kidlab o‘tildi. Universitet faoliyati, ta’lim jarayonlari, talabalar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar haqida ma’lumot berildi.
O‘z navbatida ota-onalar ham farzandlariga sifatli ta’lim va tarbiya berib kelayotgan fakultet professor-o‘qituvchilari hamda mutasaddilarga minnatdorlik bildirishdi.