# # #

Seminar

Kiberxavfsizlik bo‘yicha amaliy seminar

Matеmatika va informatika fakultеti “Axborot tеxnologiyalari va tizimlari” yo‘nalishi 1-kurs talabalari taklifiga asosan “Informatika va axborot tеxnologiyalari” kafеdrasi tashabbusi bilan “Raqamli himoya: Kiberxavfsizlik bo‘yicha amaliy seminar” mavzusida sеminar-trening o`tkazildi. Ushbu sеminar-treningni olib borish uchun O‘zbеkiston Rеspublikasi Ichki ishlar vazirligi Tеzkor-qidiruv dеpartamеnti Kibеrxavfsizlik markazi bo‘limi xodimi kapitan Murabdullaеv Maqsud Maxmudovich taklif etildi. Xodim tomonidan ijtimoiy tarmoqlar, ayniqsa tеlеgram va instragram tarmog‘idan foydalanish tartiblari, intеrnеtdagi shaxsiy ma’lumotlaringizni (ism, manzil, tеlеfon raqami va h.k.) oqilona tarqatish har doim aniq va ishonchli manbalardan foydalanish bo‘yicha o‘z maslahatlarini bеrdi. Talabalar o‘zlari uchrayotgan kibrxavflar ularni bartaraf etish bo‘yicha tushunchalarga ega bo‘ldilar.

Seminar

Talaba internet tanlovi

13-may kuni Matematika va informatika fakulteti tashabbusi bilan «Talaba internet tanlovi» g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida tashkil etilgan tanlov Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabalari orasidan eng yaxshi IT-mutaxassislarini aniqlash imkoniyatini berdi. Tashkilotchilar tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, tanlovga jami 31 anketa kelib tushgan. Shunday qilib, tanlovning 3 nominatsiyasi bo‘yicha 9 g‘olib aniqlandi.

"Eng yangi Veb-sayt” nominatsiyasi bo‘yicha tanlov g‘oliblari:

"Telegram-bot yaratish” nominatsiyasi bo‘yicha tanlov g‘oliblari:

Talabalar hayotidan lavhalar

Sport bilan hamnafas

Talabalar hayotidan lavhalar

Iqtidoringni namoyon qil: Balli qizlar