Toshkent viloyati Chirchik davlat pedagogika instituti (Hozirgi Chirchik davlat pedagogika universiteti) О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Toshkent viloyati Chirchik davlat pedagogika institutini tashkil etish tugrisidagi” PQ -3152-sonli karoriga asosan tashkil etilgan, xamda institutning “Anik va tabiiy fanlar” fakultetining “Aniq fanlar” kafedrasi tarkibida “Informatika o’qitish metodikasi” yо‘nalishida о‘z faoliyatini boshlagan.
Kafedra sobiq Toshkent viloyati Chirchik davlat pedagogika instituti kengashining 2021 yil 28 avgutdagi 1-sonli majlisi qarori asosida Matematika va informatika fakultetida tarkibida “Informatika va axborot texnologiyalari” nomi bilan tashkil etildi. Kafedrada asosan “Informatika о‘qitish metodikasi va “Matematika va informatika” yо‘nalishlaridagi mutaxasislik fanlari bо‘yicha talabalarga ta’lim berilmoqda.
“Informatika va axborot texnologiyalari” kafedrasida hozirda 12.75 shtat birligida professor-о‘qituvchilar faoliyat kо‘rsatmokdalar. Jumladan 3 nafar fan nomzodi, 3 ta katta ukituvchi, 2 ta assistentlar faoliyat olib bormoqda.
Informatika va axborot texnologiyalari kafedrasi Matematika va informatika fakultetining tarkibiy bo‘linmasi bo‘lib, unda Matematika, amaliy matematika Axborot tizimlari va texnologiyalari va matematika va informatika yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr va ta’limda axborot texnologiyalari mutaxassisligi bo’yicha magistrlar tayyorlanadi, ushbu ta’lim yo‘nalishlarida o‘qitiladigan mutaxassislik fanlari bo‘yicha o‘quv, uslubiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari, shuningdek, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash tashkiliy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar amalga oshiriladi.
Kaferda ilmiy tadqiqot mavzusi “Ta’lim klasteri doirasida individual talim dastuir ta’mino” deb nomlanib bu borada professor-o’qituvchilar ilmiy faoliyat olib bormoqda, shuningdek talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosda tashkil etish, iqtidorli talabalarni, va aniqlash va ularni ilmiy tadqiqotlarga jalb etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini individual va jamoa bo‘lib bajarishga o‘rgatish, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnikaviy shart-sharoitlar yaratmoqda.
Informatika va axborot texnologiyalari kafedrasining xalqaro hamkorlik aloqalari
Kafedraning xalqaro hamkorligini yanada rivojlantirish va ilg‘or xorijiy ta’lim markazlari va tashkilotlari bilan ta’lim, ilmiy va innovatsion tadqiqotlar doirasida tajriba almashish maqsadida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Hozirgi kunda tajriba almashish maqsadida kafedra qо‘yidagi xorijiy oliy ta’lim muassasalari Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti, Lublin texnologiya universiteti (Polsha), Qozoqiston Respublikasi “Sirdariya” universiteti bilan hamkorlikni yо‘lga qо‘ygan.
Kafedrada quyidagi yo‘nalish va mutaxassisliklar mavjud
60610100-Axborot tizimlari va texnologiyalari – bakalavriat
70110602 - Ta’limda axborot tеxnologiyalari – magistratura
Kafedraning ilmiy yo’nalishi: Ta’lim klasteri doirasida individual talim dasturiy ta’minoti deb nomlanib hozirgacha yunalish doirasida 2 ta ilmiy tadqiqot ishi bajarildi 1 ta ilmiy ish jarayonda. Kafedra professot o’qituvchilari tamonidan ayni vaqtda talabalarga fanlar bо‘yicha mustaqil ta’lim va qoldirilgan dasrlarni qayta topshirish www.mi-mt.uz platformasi yaratildi topshriqlarini onlayn yuborish va va talabar mobil ilova orqali qabul qilish sharoiti yaratish loyihasi bajarilmoqda